31 may 09:58
Yangiliklar
Tennis

French Open. Dunyoning ikkinchi raketkasi uchinchi bosqichda
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri davom etyapti.
Ham erkaklar, ham xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslarda uchinchi davra ishtirokchilari malum bo'lmoqda. Ayollar o'rtasida dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Karolin Voznyacki turnirdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi.
Daniyalik tennis malikasi ikkinchi davra uchrashuvida dunyo reytingida 219-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Georgina Garsiya-Peresni 6:1, 6:0 hisobida mag'lub etdi. Endi Karolin uchinchi bosqichda franciyalik Polin Parmentega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar