27 may 12:01
Yangiliklar
Tennis
Fuchovich ilk sovrinni qo'lga kiritdi, u 1982 yildan keyin bunga erishgan ilk vengerga aylandi
SHveycariyaning maftunkor Jeneva shahrida tennis bo'yicha ATR turniri yakunlandi.
Mukofot jamg'armasi 501 345 evroni tashkil etgan turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida vengriyalik Marton Fuchovich germaniyalik Peter Goyovchikni 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etib, faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi.
Bundan tashqari, u 1982 yildan beri ATR turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan birinchi vengriyalik tennischiga ham aylandi. Geneva Open musobaqasidagi g'alaba dunyoning 60-raketkasiga 89 435 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini keltirdi.
Havola :
Fikrlar