02 apr 09:28
Yangiliklar
Fyodor Emelyanenko 2027 yilda sambo bo'yicha musobaqada ishtirok etmoqchi
Jangchi 2027 yilda jangovor sambo bo'yicha Rossiya chempionatida qatnashishni mo'ljallamoqda.
"Jangovor sambo bo'yicha Rossiya chempionatida ishtirok etish g'oyasi bor. 50 yoshdan keyin. Sambochi yigitlarimiz bilan ozgina jang qilib ko'rgim kelyapti.
Mirko Filipovich bilan jang haqida hozircha yangilik yo'q, kutyapmiz. Yaqin vaqt ichida Serbiyaga boraman, u erda tashkilotchilar bilan muloqot bo'ladi va jangimizga tayyorgarlik qanday ketayotgani aniq bo'ladi. Hozircha ular rozilik xatini yuborishdi — hammasi yaxshi, yana biroz vaqt beringlar deyishdi. Jang bekor bo'lib ketishidan xavotir bor. Ilgari men ishtirok etgan tashkilotlarda bunday emasdi", — dedi Emelyanenko.
Eslatib o'tamiz, Emelyanenko sentyabr oyida 50 yoshga to'ldi.
Fikrlar