25 may 13:43
Yangiliklar
Tennis
"Fyuchers". Jo'rabek Ukrainada final ostonasida to'xtadi
Ukrainada mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Unda hamyurtimiz Jo'rabek Karimov yarim finalgacha etib borgani haqida xabar qilgandik.
Bir necha daqiqa oldin Jo'rabek yarim finalda braziliyalik Jordan Korreiyaga qarshi o'yinini tugatdi. Afsuski, Karimov ushbu bosqichda 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar