02 sen 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri Joshua bilan jang qaerda o'tkazilishini tasdiqladi + FOTO
Boks ahli superog'ir vazn toifasida britaniyalik ikki sobiq jahon chempionlarining o'zaro jangiga guvoh bo'ladi.
Ushbu superto'qnashuv Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" arenasida bo'lib o'tadi. Bu malumotni Tayson Fyuri tasdiqladi. U ijtimoiy tarmoqlarda jang o'tkaziladigan joy ko'rsatilgan afishani elon qildi.
Britaniyalik bokschi o'z postiga quyidagi izohni ham ilova qildi:
"Qanday joy — Nyu-York, qanday arena — MSG, qanday jang — Fyuri Joshuaga qarshi. Imkoniyatlar shahri. Nyu-Yorkda vaqtini chog' o'tkazadigan yigitlar uchun bu qanday dam olish kunlari bo'ladi. Afsonaviy! Tez orada, yigitlar", — deb yozdi Fyuri ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar