13 okt 08:03
Yangiliklar
Fyuri – Joshua jangi boks tarixidagi eng kassabop janglar ro'yxatida to'rtinchi o'rinni egalladi
12 dekabr kuni Kardiff shahrida bo'lib o'tadigan Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jangning umumiy chipta savdosidan tushgan tushumi 34 million dollardan oshdi.
Bu haqda UFC va Zuffa Boxing rahbari Dana Uayt The Sun nashriga bergan intervyusida malum qildi.
Ushbu ko'rsatkich mazkur tadbirni boks tarixidagi eng kassabop shoular ro'yxatida (chipta savdosi bo'yicha) to'rtinchi o'ringa olib chiqadi. Undan oldingi o'rinlarni Meyvezer – Pakyao, Meyvezer – Makgregor va Krouford – Saul Alvares janglari egallab turibdi.
Bundan tashqari, Fyuri – Joshua jangi Britaniya boks tarixidagi eng kassabop tadbirlar ro'yxatida birinchi o'ringa chiqib olmoqda va avvalgi rekordchini (Deniel Dyubua hamda Entoni Joshua o'rtasidagi 18,5 million dollarlik chipta tushumiga ega jangni) katta farq bilan ortda qoldirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va Joshua o'rtasidagi jang uchun barcha 80 mingta chipta savdoga chiqqanidan keyin bir soat ichida sotib bo'lingandi. Bunda taxminan 700 ming muxlis Ticketmaster xizmati va Kardiffdagi stadion saytida virtual navbatda qolib ketgan edi.
Boks tarixidagi eng kassabop o'nta jang (chipta savdosi bo'yicha):
Floyd Meyvezer – Menni Pakyao (2015) — $72,2 mln, Las-Vegas.
Floyd Meyvezer – Konor Makgregor (2017) — $55,4 mln, Las-Vegas.
Terens Krouford – Saul Alvares (2025) — $47,2 mln, Las-Vegas.
Tayson Fyuri – Entoni Joshua (2026) — $34,0 mln, Kardiff.
Naoya Inoue – Jyunto Nakatani (2026) — $32,0 mln, Tokio.
Saul Alvares – Gennadiy Golovkin I (2017) — $27,1 mln, Las-Vegas.
Saul Alvares – Gennadiy Golovkin II (2018) — $23,5 mln, Las-Vegas.
Jervonta Devis – Rayan Garsiya (2023) — $22,8 mln, Las-Vegas.
Terens Krouford – Errol Spens (2023) — $21,0 mln, Las-Vegas.
Floyd Meyvezer – Saul Alvares (2013) — $20,0 mln, Las-Vegas.
Britaniya boksidagi eng kassabop beshta jang (chipta savdosi bo'yicha):
Tayson Fyuri – Entoni Joshua (2026) — 26 mln funt ($34 mln).
Deniel Dyubua – Entoni Joshua (2024) — 14 mln funt ($18,5 mln).
Tayson Fyuri – Dillian Uayt (2022) — 12 mln funt ($15,9 mln).
Entoni Joshua – Vladimir Klichko (2017) — 8 mln funt ($10,6 mln).
Karl Froch – Jorj Grouvz II (2014) – 5 mln funt ($6,6 mln).

Fikrlar