16 okt 18:52
Yangiliklar
Fyuri va Joshua WBA Super kamari uchun jang qiladi - Frenk Uorren
Bu haqda Fyurining promouteri Frenk Uorren malum qildi.
Uorrenning aytishicha, jangda WBA tashkilotining asosiy chempionlik kamari — WBA Super o'rtaga qo'yiladi.
"Hozirgi holatda bu haqiqatan ham shunday. Ushbu titul jangda o'rtaga qo'yiladi", dedi Uorren Sky Sports News'ga bergan intervyusida.
Ayni paytda WBA'ning Regular yo'nalishidagi chempioni rossiyalik Murat Gassiev hisoblanadi. Manbaga ko'ra, u Aleksandr Usik kamarni bo'shatganidan so'ng to'laqonli chempion maqomini olishga umid qilgan.
Fyuri so'nggi jangini 24 iyul kuni Tailandning Pattayya shahrida Mariush Vaxga qarshi o'tkazgan va ettinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan. Uning professional faoliyatidagi rekordi 36 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durangdan iborat. 25 ta g'alabasini nokaut bilan qo'lga kiritgan.
Joshua esa oxirgi bor 26 iyulga o'tar kechasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Kristian Prenga qarshi jang qilib, ikkinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozongan. Uning hisobida 30 ta g'alaba, jumladan 27 ta nokaut va 4 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar