08 jan 08:22
Yangiliklar
Tennis

Gadjiev Floridada uchinchi uchrashuvini o'tkazdi
AQSHning Florida shtati Neypls shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Alan Gadjiev ham ishtirok etayotgan va saralashning ikki uchrashuvida g'alabaga ham erishgandi.
Kecha tennischimiz uchinchi bosqichda saralashning ettinchi raketkasi amerikalik Aleksandr Naytga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setni 4:6 hisobida boy bergan Alan ikkinchi setning ikkinchi geymidan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar