29 may 11:05
Yangiliklar
Tennis
Gael Monfis muvaffaqiyatli start oldi
Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri davom etmoqda.
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda dunyoning 17-raketkasi Gael Monfis musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Franciyalik raketka ustasi ilk davrada reytingning 103-pog'onasidan joy olib turgan yaponiyalik Taro Danielga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda Monfis deyarli qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi - 6/0, 6/4, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Endi Gael ikkinchi bosqichda vatandoshi Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqadi. Adrian birinchi davrada italiyalik Stefano Travalyani 6/7(5), 6/3, 3/6, 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar