17 okt 14:04
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/46966_220.jpg)
“Galatasaroy” Fotih Terim bilan shartnomani uzaytirdi
Istanbul klubi Terim bilan 2021 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
O'zaro kelishuvga ko'ra, 65 yoshli mutaxassis bilan shartnoma yana 3 yilga uzaytirilishi mumkin. Uning qo'l ostida jamoa 7 marta Turkiya chempioni, 2 marta mamlakat kubogi va 2000 yilda UEFA kubogi sohibi bo'lgan.
Malumot uchun, Terim “Galatasaroy”ga uch marta (1996–2000, 2002-2004, 2011-2013) bosh murabbiy etib tayinlangan. To'rtinchi bor u jamoani 2017 yil dekabrida qabul qilib olgandi.
Havola :
Fikrlar