26 iyu 10:05
Yangiliklar
Tennis

Galle (ATP): Federer 9 karra Gerry Weber Open g'olibi!
Germaniyaning Galle shahri mezbonlik qilgan nufuzli Gerry Weber Open turniri o'z yakuniga etdi.
ATP 500 toifasiga kiruvchi, chim qoplamali va sovrin jamg'armasi 1 574 640 evroni tashkil qilgan turnirda Rojer Federer bosh mukofotga ega chiqdi. SHveycariyalik tennis yulduzi final uchrashuvida turnirning to'rtinchi raketkasi germaniyalik Aleksandr Zverev bilan to'qnash keldi.
Ellik uch daqiqa davom etgan bahsda Federer 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi. Aynan Rojer ushbu turnirda eng ko'p - 9 marotaba g'olib bo'lgan. Bu galgi muvaffaqiyatli ishtirok Federerga 395,690 evro hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar