24 iyu 11:05
Yangiliklar

Galle (ATP): Federer amaldagi chempionni mag'lub etdi
CHim qoplamali ATP 500 toifasiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 1 574 640 evroni tashkil qilgan turnirda yarim finalchilar malum bo'ldi. Ushbu turnirda eng ko'p - 8 marotaba g'olib bo'lgan Rojer Federer musobaqaning amaldagi chempionini chorak finalda to'xtatdi.
SHveycariyalik tennis yulduzi germaniyalik Florian Mayerni 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi. Federerdan tashqari yarim finalga rossiyalik Karen Xachanov, franciyalik Rishar Gaske hamda germaniyalik Aleksandr Zverev ham yo'l oldi.
Galle. 1/4 final:
Karen Xachanov (Rossiya) – Andrey Rublev (Rossiya) – 7:6 (8), 4:6, 6:3
Rishar Gaske (Franciya) – Robin Xaase (Gollandiya) – 6:1, 3:6, 6:1
Rojer Federer (SHveycariya) – Florian Mayer (Germaniya) – 6:3, 6:4
Aleksandr Zverev (Germaniya, 4) – Roberto Baustista-Agut (Ispaniya, 7) – 6:7(6), 7:6(1), 6:1
Fikrlar