23 iyu 11:05
Yangiliklar
Tennis

Galle (ATP): Federer chorak finalda, Nisikori to'xtadi
Germaniyaning Galle shahrida o'tkazilayotgan nufuzli Gerry Weber Open turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
ATP 500 toifasiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 1 574 640 evroni tashkil etgan musobaqada chorak final ishtirokchilari malum bo'ldi. Turnirning amaldagi g'olibi germaniyalik Florian Mayer oltinchi raketka, franciyalik Lyuka Puyni 6:7(6), 6:4, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu turnirda eng ko'p - sakkiz marta chempion bo'lgan shveycariyalik Rojer Federer esa germaniyalik Misha Zverevdan 7:6(4), 6:4 hisobida ustun keldi. Turnirning uchinchi raketkasi yaponiyalik Kei Nisikori esa jarohati sabab rossiyalik Karen Xachanovga qarshi bahsni yakuniga etkaza olmadi.
Havola :
Fikrlar