21 iyu 11:50
Yangiliklar
Tennis

Galle (ATP): Federer faoliyatidagi 1100-g'alabasiga erishdi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer professional tennischilik faoliyatidagi yubiley - 1100-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Federer Germaniyaning Galle shahrida o'tkazilayotgan va sovrin jamg'armasi 1 574 640 evroni tashkil qiluvchi Gerry Weber Open turnirining ilk davrasida zafar quchdi.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Rojer yaponiyalik Yuiti Sugitani 6:3, 6:1 hisobida taslim etdi. Bu Federerning 1100-g'alabasi edi. Uning ikkinchi davradagi raqibi germaniyalik Misha Zverev bo'ladi.
Malumot uchun, aynan Rojer Federer Galle turnirida bosh sovrinni eng ko'p qo'lga kiritgan tennischi hisoblanadi. SHveycariyalik tennischining hisobida 8 ta titul bor.
Havola :
Fikrlar