22 iyu 09:20
Yangiliklar

Galle (ATP): Zverevda g'alaba, Tim musobaqani tark etdi
CHim qoplamali, ATP 500 toifasiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 1 574 640 evroni tashkil qiluvchi musobaqada chorak finalning dastlabki to'rt nafar ishtirokchisi malum bo'ldi.
Kutilmaganda turnirning ikkinchi raketkasi avstriyalik Dominik Tim gollandiyalik Robin Xaasega 3:6, 6:7(7) hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Ikkinchi davra natijalari:
Rishar Gaske (Franciya) – Bernard Tomich (Avstraliya) – 6:3, 6:3
Roberto Baustista-Agut (Ispaniya, 7) – Dastin Braun (Germaniya) – 6:4, 1:6, 7:6 (6)
Aleksandr Zverev (Germaniya, 4) – Filipp Kolshrayber (Germaniya) – 6:3, 6:4
Robin Xaase (Gollandiya) – Dominik Tim (Avstriya, 2) – 6:3, 7:6 (7)
Bugun o'tkaziladigan uchrashuvlar:
Rojer Federer (SHveycariya, 1) – Misha Zverev (Germaniya)
Florian Mayer (Germaniya) – Lyuka Puy (Franciya, 6)
Kei Nisikori (Yaponiya, 3) – Karen Xachanov (Rossiya)
Mixail Yujniy (Rossiya) – Andrey Rublev (Rossiya)
Fikrlar