So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

10 okt 18:45
Yangiliklar

Futbol

Gao Xongbo: “Biz har bir o'yinga g'alaba uchun tushamiz”

Teglar :  FutbolXongboXitoy
O'zbekiston va Xitoy uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Gao Xongbo ishtirok etdi. Unga jamoa sardori Feng Ksiaoting hamrohlik qildi.

- Avvalo Xitoy OAV shuncha uzoq yo'l bosib kelishgani uchun alohida tashakkur aytaman. Ertaga ikkala jamoa uchun ham qiyin va murabbiy bahs bo'ladi. Jang Lingpeng sariq kartochkalar ikkitaga etgani bois maydonga tusha olmaydi. U Xitoyda qoldi, qolgan barcha futbolchilar Toshkentga kelishdi. O'yinchilar ertangi bahsga tayyorlar. Keyingi o'yinlarda kerakli natijalarga erishishga umid qilamiz, - deydi Gao Xongbo.

- O'z maydonimizdagi o'yindan so'ng uzoq yo'l bosib O'zbekistonga keldik. Suriyaga qarshi bahsdan so'ng ertangi o'yinga tayyor holda keldik. O'zbekiston kuchli va tajribali jamoa hisoblanadi - deydi Feng Ksiaoting.


Xitoylik jurnalist savoli: - 3-turdan so'ng Xitoy terma jamoasining guruhdagi ahvoli juda ham yomon. Keyingi o'yinlardan oldin fikrlaringiz qanday?

- Uchta turdan so'ng bu bosqichdagi jamoalar juda ham tez futbol ko'rsatishayotganini ko'rish mumkin. Barcha jamoalar jarima maydoni atrofida va uning ichida samarali o'ynashmoqda. SHularni tahlil qilib chiqdik. 

Xitoylik jurnalist savoli: - Bundan keyingi o'yinlar butkul boshqacha saviyada o'tadi. Jamoa sardori sifatida sheriklaringizga qanday yordam berasiz? 

Feng Ksiaoting: - Bu bosqichda har bir jamoa kuchli va malakali. Jamoadoshlarim bilan birga bu o'yinlardan oldin ko'proq suhbat qurishim va g'alaba uchun intilishimiz kerak.

- Siz Xitoy bosh murabbiyi sifatida oldin bitta g'alaba va bitta durangga erishgansiz. Ertangi o'yinlardan oldin bu sizga yordam beradimi?

- Bu bosqichda har bir o'yinda g'alaba qozonish kerak. Oldingi natijalar qanday bo'lsa ular tarixda qolgan.

- O'tgan turda Xitoy o'z uyida Suriyaga yutqazdi. Bu futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotishiga sabab bo'lmaydimi?

- Birinchi navbatda uchinchi bosqichga chiqqanidan baxtiyormiz. Buning uchun borimizni berib harakat qilgandik. Har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Ha, o'tgan o'yinda yutqazdik. Futbolchilarning hafsalasi pir bo'lgan bo'lishi mumkin. Ammo shogirdlarim bunday vaziyatdan chiqib keta olishadi.

- Bosh murabbiyning O'zbekiston terma jamoasi haqidagi fikrlarini bilmoqchi edim. Bundan tashqari Eron bilan o'yinda O'zbekiston qaysi jihatlarda imkoniyatni boy berdi deb hisoblaysiz?

- Bizning murabbiylar shtabimizda texnik guruh mavjud. Bu guruh bizga Eron bilan o'yinni kuzatdi va tahlillar qilib chiqishdi. O'zbekiston terma jamoasi safida Xitoy Superligasida o'ynaydigan futbolchilar bor. Ular sizlarga yordam berishi mumkin. Bizda esa bunday futbolchilar yo'q. O'zbekiston safida 9 va 15-raqamli futbolchilar xavfli. Lekin 15-raqamli futbolchi ertaga maydonga tushmaydi.

Narzulla Saydullaev yozib oldi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing