18 noy 13:17
Yangiliklar
Garbin Mugurusa WTA Yakuniy turniri chempioni!
Turnir finalida ispaniyalik Garbin Mugurusa va estoniyalik Anett Kontaveyt bosh sovrin uchun bahs olib borishdi.
1 soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda jahonning beshinchi raketkasi 28 yoshli Garbin WTA reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan 25 yoshli Anettni 6/3, 7/5 hisobida mag'lub etib, WTA Yakuniy turniri chempioniga aylandi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida ispaniyalik tennischi ustunlikni saqlab qoldi - 4:2.
Bu Mugurusaning WTA Finals'dagi birinchi unvoni hisoblanadi. SHuningdek, ushbu chempionlik Mugurusa uchun mavsumdagi uchinchi va faoliyatidagi o'ninchi sovrindir. Bu g'alaba unga 1 570 000 dollar mukofot puli va 1 375 reyting ochkosini keltirdi.
Garbin yilning Yakuniy turnirida g'olib chiqqan birinchi ispaniyalik ayol tennischidir. Ushbu muvaffaqiyat orqali Mugurusa mavsumni jahonning uchinchi raketkasi sifatida yakunlaydi.
Fikrlar