15 dek 08:16
Yangiliklar

Gattuzoning debyuti muvaffaqiyatsiz va alamli bo'ldi
Mazkur bahs Jennaro Gattuzo uchun Neapol klubi boshqaruvidagi ilk o'yin edi. Uchrashuv mobaynida uning shogirdlari “Parma” darvozasiga 33 marta zarba berishdi. SHulardan faqat bittasi gol bilan yakunlandi. “Parma” futbolchilari esa bunga ikki gol bilan javob qaytarishdi.
“Napoli” muxlislari uchun alamli jihati shundaki, mehmonlarning g'alaba goli uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan 2-daqiqada kiritilgani edi. SHu tariqa "Napoli"ning g'alabasiz o'yinlar seriyasi 8 taga etdi (Italiya chempionati doirasida).
Napoli – Parma 1:2
“San-Paolo” stadioni
Gollar: 0:1 – 4 Kulusevski, 1:1 – 64 Milik, 1:2 – 90 Jervino.
Napoli – Meret, Di Lorenco, Kulibali (Luperto, 5), Mariu Ruy, Manolas, Fabian Ruis, Zelinski, Kalexon, Allan (Mertens, 63), Insine (Losano, 79), Milik.
Parma – Sepe, Darmian, Brunu Alvesh, Galolo, Yakoponi, Brugman, Ernani, Kulusevski, Barilla (Grassi, 66), Jervino, Kornelius (Sprokati, 17; Peccella, 78).
Ogohlantirishlar: Jervino (9), Galolo (63), Mertens (79), Milik (81).
Fikrlar