31 avg 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA

GGG: "G'alaba qozonish uchun Bivol kabi jang qilishim shart emas"
O'rta vazn toifasida WBO va IBF chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkinning fikricha, 18 sentyabr kuni Las-Vegasda (AQSH) meksikalik Saul Alvaresni mag'lub etish uchun yarim og'ir vaznda WBA chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol kabi jang qilishi shart emas.
"Jang uslubimni o'zgartirishim kerak deb o'ylamayman. Kanelo ustidan ustunlikka erishish uchun Bivol kabi jang qilishim shart emas. Jangimiz boshqa vazn toifasida bo'lib o'tadi.
Men qattiq harakat qilayapman. O'rta va ikkinchi o'rta vazn o'rtasida katta farq bor. Kuchliroq va tezroq bo'ldim deb aytolmayman. O'rta vaznda o'zimni ajoyib his qilaman. Lekin bu erda hammasi biroz boshqacha. Men vazn to'pladim", - deya Golovkinning so'zlarini keltiradi Forbes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar