So’nggi yangiliklar

19:06"Қафас"да ўлишдан қўрқмайман. Гусковнинг дўсти Том Аспиналлни танқид қилди 0 18:45Ислам Махачев: "Топурия билан жанг қизиқ бўларди, лекин..." 0 18:23Лутфуллин бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси U-17 Жаҳон чемпионати илк турида ишлайди 0 18:01"Бу — мен хоҳлаган жанг". Холлоуэй енгил вазнда ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:38Ислам Махачев кўча жанглари учун уч нафар шерик танлади 0 17:17Жервонта Дэвис нотаниш аёлга ҳужум қилишда айбланмоқда 0 16:52Ислом бирдамлик ўйинларида футзал тақвими тасдиқланди 0 16:25UFC чемпиони Делла Маддаленага Махачев билан жангга тайёргарликда ёрдам бермоқда (ФОТО) 0 16:01Асу Алмабаев UFC’даги муҳим жангига йўл олди + ФОТО 0 15:39Сергей Фомин Хитойдаги турнирнинг жуфтлик баҳсларида чемпион бўлди 0 15:17Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига тайёр (Кичик мундиал ҳақида билишимиз керак бўлган маълумотлар) 0 14:51"Сен келмагунча барчаси жойида эди". Махачев савол берган Хабиб Нурмагомедовга кутилмаган жавоб қайтарди 0 14:02WBA талабига кўра, Пулев — Гассиев жанги ғолиби 2026 йилда Итаума билан тўқнаш келади 0 13:39Ҳумоюн Тўхтамуродов ва Бобур Абдулазизов кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 13:17Слот мағлубиятларга асосий сабаб нима бўлаётгани ҳақида гапирди 0

02 may 16:41
Yangiliklar

Boshqalar

Ginnes rekordlar kitobidan o'rin olgan sizni hayratlantiruvchi 10 ta sport yutug'i

Teglar :  Ginnes Rekord
Ginnesning rekordlar kitobi – bu sport, shou-biznes, OAV va madaniyatdagi ulkan yutuqlarni o'z ichiga olgan yillik malumotnoma.

Bugun sizni hayratda qoldiradigan sport olamiga oid 10 ta rekordni aytib beramiz.

1. Odam-pulemyot.

Personal murabbiy Farid Berlin bu laqabni mushtining yashin tezligidagi harakati uchun olgan. Mushtlarining soni bir daqiqada 700 ga etadi. Bu muvaffaqiyat Ginnes Rekordlari kitobiga kira olmadi!

2. 2013 yilda muzli suvda suzish masofasi bo'yicha rekord o'rnatildi. Rekord egalari – rossiyaliklar Natalya Usacheva va Nikolay Petshak. CHukotkadan Alyaskagacha 134 kilometr masofani suzib o'tish uchun 5 kun kerak bo'ldi.

Aytgancha, rekordlar kitobiga kirish shunchaki yagona yoqimli bonus emas edi – Natalya va Nikolay Sochi-2014 Olimpiadasi mashalasini ham o'zlari bilan olib ketishgan.

3. Sizga Marko Baloga o'xshab velosiped haydash yoqadimi? Sportchi bir kishining bir sutkada velosipedda bosib o'tishi mumkin bo'lgan masofani qayd etdi. 2008 yil 6-7 sentyabr kunlari Marko to'xtamasdan 890,2 km masofani bosib o'tdi!

4. Kori Lou professional basketbolchi emas. Biroq, bu uning ikkita rekod bilan Ginnes kitobiga kiritishiga to'sqinlik qilmadi. Kori 2013 yilda birinchi rekordni o'rnatdi va to'pni tribunadan to'g'ridan-to'g'ri savatga tashladi. Oraliq masofa 33.5 metr edi. Ikkinchisini 2014 yilda muhrlab qo'ydi, Kori to'pni teskari turib savatga otganida, oraliq 25 metrga teng edi. Bu yaqqol aniqlik!

5. Xitoylik CHi Guydjon qo'lni bukib-yozish (otjimanie) bo'yicha rekord o'rnatdi. CHi 30 soniyada 41 marta bu amalni bajardi. SHubhali, shunday emasmi?! Ammo CHi faqat bitta ko'rsatkich barmog'i bilan bu ishning uddasidan chiqqanini bilganingizda, fikringizni o'zgartirgan bo'lardingiz! Titan mushaklar! Boshqacha bo'lishi mumkin ham emas.

6. «Barmoq» mashg'ulotlarining yana bir ixlosmandi – Ginnes kitobiga kirgan hindistonlik atlet Maybam Itomba. U jimjilog'i yordamida 30 soniyada 16 marotaba turnikka tortildi.

7. Suvosti dayveri – sobiq harbiy, istefoga chiqqandan so'ng dayving bilan jiddiy shug'ullangan Ahmad G'amal G'abrni shifokor, yo'riqchi va texnik xodimlardan iborat 30 kishilik guruh suvning eng tubiga tushishini nazorat qilishdi. Ahmad 332,5 metr chuqurga tusha oldi. Bu haqiqatan ham ajoyib natijadir. Ko'rsatkich shunchaki Ginnes rekordlar kitobiga kirib qolmagan. SHunisi etiborga loyiqki, sho'ng'ish vaqti 12 daqiqa. Bunday chuqurlikda eng kuchli bosimni hisobga olgan holda yuqoriga ko'tarilish 15 soatni tashkil etgan.

8. Yaponiyalik Keniti Oto tomonidan kulgili rekord o'rnatildi. U 100 metrga yugurishni 17,47 soniyada bosib o'tdi. U itga o'xshab sakrab yugurgan.

9. Kitobga kiritilgan yana bir yuguruvchi bu Daniya sportchisi Yan SHreder. 3,5 soat davomida Yan 42 km masofani yugurib o'tib, to'pni ham olib borishni uddaladi. Dribling marafoni rekordlar malumotnomasida o'z o'rnini egalladi.

10. Eng keksa sprinter haqli ravishda Xidekiti Miyadzaki, u 2015 yilda o'zining 105 yoshini nishonlagan holda 100 metrga 42.22 soniyada yugurgan. Bu hayratlantirmay qolmaydi! Afsuski, Xidekiti 2019 yil yanvarida vafot etdi, ammo uning rekordi shu paytgacha eng yuqori darajada turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing