So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

26 avg 11:41
Yangiliklar

Qiziqarli!

Robot Useyn Boltning rekordini yangiladi

Teglar :  RekordUseyn Bolt
"Lightning" nomli robot Olimpiada formatidagi Jahon gumanoid robotlar o'yinlarida 100 metr masofani 9,32 soniyada bosib o'tdi.

Bu bilan yamaykalik sprinter Useyn Boltning 17 yil avval o'rnatilgan 9,58 soniyalik jahon rekordi yangilandi. Gumanoid robot, shuningdek, aprel oyida Pekin marafonida ham g'olib chiqqan edi.

Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Honor kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Lightning o'sha marafonda erkaklar rekordini ham yangilab, masofani 50 daqiqa 26 soniyada bosib o'tgan. Amaldagi rekord esa (rasmiy tasdiqlanishini kutmoqda) yakshanba kuni Yomif Kejelcha tomonidan 56 daqiqa 51 soniya natija bilan qayd etilgan. Aprel oyida Lightning’ning bo'yi 169 santimetr, oyoqlarining uzunligi esa 95 santimetr edi. Biroq tadqiqotchilar Gumanoidlar o'yinlari oldidan uning oyoqlarini yana 10 santimetrga uzaytirishgan.

Saralash bosqichida yana bir gumanoid robot — Tiangong Ultra 9,39 soniyalik natija qayd etdi. Bu o'tgan yilgi ilk musobaqadagi g'alaba natijasi — 21,50 soniyadan ancha yaxshi ko'rsatkichdir. Yana bir robot — Shandian esa saralash poygasida 9,47 soniya natija bilan ikkinchi o'rinni egalladi.

Bu yil robotlarning tezlanishida sezilarli yaxshilanish kuzatilgan bo'lsa-da, sekinlashish jarayoni ular uchun muammo bo'lib qoldi. Bir nechta robot to'xtash uchun qo'yilgan qalin matrasga borib urildi. Tiangong Ultra yo'l chetidagi hududga chiqib ketib, tomoshabinlarni chekinishga majbur qildi. Lightning esa yiqilib tushganidan so'ng zambil yordamida olib chiqildi.

Tik turgan holda balandlikka sakrash bahsida Pekinda joylashgan X-Humanoid kompaniyasi roboti 2,88 metr balandlikni zabt etdi. SHu tariqa u kubalik Xaver Sotomayor tomonidan 1993 yilda o'rnatilgan 2,45 metrlik insonlar rekordidan ham yuqori natija qayd etdi.

2026 yilgi Jahon robotlar konferenciyasi bilan bir vaqtda Pekinda o'tkazilayotgan mazkur musobaqada 1 000 dan ortiq individual bahsni o'z ichiga olgan 51 ta yo'nalish mavjud. Ular orasida stol tennisi, futbol, og'ir atletika va arqon tortish kabi sport turlari bor.

Bu yil dasturga robot qo'llari uchun aniq harakatlarni bajarish bo'yicha yangi sinovlar ham kiritilgan. Bu robototexnika sohasidagi eng murakkab muhandislik masalalaridan biri hisoblanadi, chunki inson qo'llarining chaqqonligi va teginish orqali sezish qobiliyatini robotlarda takrorlash nihoyatda murakkab.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing