20 jan 18:45
Yangiliklar
O'q otish
O'zbekistonlik sportchi stenddan otish bo'yicha musobaqada Jahon rekordini yangiladi
Stenddan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etilayotgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Musobaqada terma jamoamiz sportchilari 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Qayd etish joiz, trap dasturida yoshlar o'rtasida oltin medalga ega chiqqan Ohunjon Abduqodirov Jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Oltin medal:
Ohunjon Abduqodirov (trap, yoshlar).
Kumush medal:
Yaroslava Eshtaeva (trap, yoshlar).
Bronza medal:
Ohunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov, SHohruh Sadirov (trap, yoshlar, jamoaviy).
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar