30 okt 17:40
Yangiliklar

"Globe Soccer Awards-2019". Mukofotga davogar barcha nomzodlar elon qilindi
"2019 yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'lish uchun nomzodlar: Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Lionel Messi ("Barselona"), Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Muhammad Salax, Alisson, Sado Mane va Virdjil van Deyk (hammasi — "Liverpul").
Eslatib o'tamiz, so'nggi 3 yil davomida mazkur sovrin Krishtianu Ronalduga topshirilgandi.
"2019 yilning eng yaxshi murabbiyi" bo'lish uchun nomzodlar: Yurgen Klopp («Liverpul»), Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi), Erik ten Xag («Ayaks»), Jamel Belmadi (Jazoir terma jamosi) va Massimiliano Allegri («Yuventus» 2018/19 yilgi mavsum).
"2019 yilning eng yaxshi jamoasi" bo'lish uchun nomzodlar: "Liverpul", "Ayaks" va "Lion"ning ayollar jamoasi.
"Yil kashfiyoti" mukofoti uchun nomzodlar: Anssumane Fati ("Barselona"), Erling Xoland ("Zalcburg"), Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund), Joau Feliks ("Atletiko") va Kay Xavertc ("Bayer").
Fikrlar