22 may 10:07
Yangiliklar
Futbol
Evropa Ligasining ramziy terma jamoasi elon qilindi
UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi Evropa Ligasining 2025/26 yilgi mavsumidagi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
O'n bir futbolchidan to'rt nafari musobaqa g'olibligiga erishgan "Aston Villa" klubi o'yinchilari bo'ldi.
Darvozabon: Emiliano Martines ("Aston Villa").
Himoyachilar: Oskar Mingesa ("Selta"), Morato ("Nottingem Forest"), Mattias Ginter ("Frayburg"), Viktor Gomes ("Braga").
Yarim himoyachilar: Morgan Rodjers ("Aston Villa"), Maksimilian Eggeshtayn ("Frayburg"), Djon Makginn ("Aston Villa").
Hujumchilar: Emiliano Buendiya ("Aston Villa"), Igor Jezus ("Nottingem Forest"), Antoni ("Betis").

Havola :
Fikrlar