01 mar 09:12
Yangiliklar
Tennis
Goffin Monpeleda tengsiz bo'ldi
Franciyaning Monpele shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ATP turniri yakunlandi.
Open Sud de France turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 15-raketkasi bo'lib turgan belgiyalik David Goffin reytingda o'zidan ikki pog'ona yuqorida borayotgan ispaniyalik Roberto Bautista-Agutni mag'lubiyatga uchratdi - 5/7, 6/4, 6/2.
Ikki soatu 5 daqiqa davom etgan baxsda David 13, Roberto esa 7 ta eys zarbani amalga oshirdi. O'zaro uchrashuvlarda Goffin 4:3 hisobida oldinga chiqib oldi. Bu uning mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi beshinchi sovrin bo'ldi.
Monpeledagi muvaffaqiyatli ishtirok belgiyalik tennischiga 21,655 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Roberto esa bu turnirdan 16,000 evro va 150 ochko ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar