02 okt 08:15
Yangiliklar
Tennis

Goffin SHenchjendagi turnir g'olibiga aylandi
Belgiyalik tennischi Xitoyning SHenchjen shahrida o'tkazilgan nufuzli musobaqada bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Dunyoning 12-raketkasi bo'lgan Goffin hal qiluvchi final uchrashuvida ukrainalik Aleksandr Dolgopolovni mag'lubiyatga uchratdi. Ikki soatu 3 daqiqa davom etgan bahsda Goffin dunyo reytingida 53-pog'onadan joy olgan Dolgopolovdan 6:4, 6:7(5), 6:3 hisobida ustun keldi.
Xitoy turniridagi
sovrin David uchun faoliyatidagi uchinchi, joriy mavsumdagi birinchisi bo'ldi. Bu
muvaffaqiyatli ishtirok belgiyalik tennischiga 118 ming 910 dollar mukofot puli
hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar