19 noy 14:23
Yangiliklar
Tennis

Goffin Yakuniy turnir finalida o'ynaydigan ilk belgiyalik
Bugun London shahrida ATP Yakuniy turnirining hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkaziladi.
Bosh mukofot uchun bahsda avvaldan favorit sifatida qaralmagan tennischilar kortga chiqishadi. Belgiyalik David Goffin yoki bolgariyalik Grigor Dimitrov bugun Yakuniy turnir uchun atalgan bosh sovrinni boshi uzra baland ko'taradi.
Goffin Yakuniy turnirda qatnashgan ilk belgiyalik tennischiga aylanadi. David bitta turnirda ham Nadal, ham Federerni mag'lub etgan oltinchi tennischiga aylandi. Unga qadar Nikolay Davidenko, Xuan Martin Del Potro, Novak Jokovich, David Nalbandyan va Endi Marrey ham bunday natijaga erishishgandi.
Havola :
Fikrlar