So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

15 may 09:52
Yangiliklar

Tennis

G'olibiga 7200 dollar kafolatgan turnirdan FOTOGALEREYA

Samarqand shahridagi “Dinamo” tennis kortlarida Jahon tennischilar uyushmasi taqvimidan o'rin olgan xalqaro “CHellenjer” musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

- O'n besh yildan buyon Samarqandda tennis bo'yicha “CHellenjer” turniri yuqori saviyada o'tkazib kelinadi, - dedi musobaqa supervayzeri Andrey Karnilov. - O'tgan davr mobaynida mutasaddilarning musobaqaga bo'lgan yuksak etibori natijasida har yilgi bahslar qiziqarli o'tib, ishtirokchilar soni ortib bormoqda. 

Joriy yilgi bahslarda 24 davlatdan 53 nafar mahoratli tennischi ishtirok etmoqda. Albatta, sport musobaqalari muxlislar olqishi, qo'llab-quvvatlashi bilan yanada qiziqarli o'tadi. Samarqandda muxlislarning madadi tennischilarga kuch bag'ishlamoqda. O'ylamanki, bu yilgi musobaqa shiddatli va qiziqarli bahslarga boy bo'ladi.

Takidlash joizki, musobaqada mamlakatimiz tennischilaridan 8 nafari ishtirok etayotgan edi. Asosan yosh tennischilardan iborat vakillarimiz yakkalik bahslarining saralash va birinchi bosqich o'yinlaridayoq ishtiroklarini to'xtatishdi.

Sovrin jamg'armasi 54 160 AQSH dollaridan iborat xalqaro musobaqa g'oliblari 19 may sanasida aniqlanadi. Bunda yakkalik bahslarining finalida g'olib bo'lgan tennischi 7200 AQSH dollarini qo'lga kiritadi. Juftlik bahslarida g'alabaga erishgan sportchilar 3100 AQSH dollarini o'zaro taqsimlab olishadi.

O'zA. A.Isroilov (surat)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing