19 okt 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin Alvares bilan revanshgacha jang qilmaydi
Gennadiy Golovkinning murabbiyi Abel Sanches tezroq Saul Alvares bilan revansh masalasida kelishuvga erishishlarini istamoqda.
Agar revansh jang may oyida bo'ladigan bo'lsa, Golovkin ungacha janglarda ishtirok etmay turadi.
"Agar revansh may oyida bo'ladigan bo'lsa, biz tavakkal qila olmaymiz. Umid qilamizki, promouterlarimiz tezroq bu masalaga echim topadilar. Bu to'qnashuv o'tkazilishi kerak. Biz 2018 yilning sentyabrini kuta olmaymiz. Bu juda uzoq muddat. Agar jang mayda bo'ladigan bo'lsa, meksikaliklarning milliy bayrami bo'ladigan 5 may kuni o'tkazilsa bo'lardi", - deydi murabbiy.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar