15 sen 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Alvares. Bokschilarning gonorarlari malum
Malumotlarga qaraganda, qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi superjang chamasi 100 million dollar yig'adi.
Har qanday holatda ham Golovkin va Alvaresning jangdan oladigan gonorarlari ularning faoliyatidagi eng kattasi bo'ladi. Alvaresning promouteri Oskar de la Xoyyaning aytishicha, jangdan 100 million dollar daromad olinadi.
Ushbu summaning 60 foizi
bokschilarga beriladi. Pulli translyaciya (PPV)lardan tushadigan ulushning katta
qismini davogar Alvares oladi. Keyin chiptalar sotuvidan tushgan foydaning malum
qismi ham bokschilarga beriladi. CHipta sotuvidan tashkilotchilar 30 million
dolllar daromad olishgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar