18 sen 07:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Alvares: Revansh bir yildan so'ng bo'lishi mumkin
O'rta vazn toifasida qirollari Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi revansh jangi bir yildan so'ng o'tkazilishi mumkin.
Meksikalik bokschi matbuot anjumanida bu yil hisobidan boshqa jang o'tkazmasligini malum qildi. Lekin shu bilan birga uning davri boshlanganini ham qo'shimcha qilib o'tdi.
“Bu yil boshqa jang qilmayman. Endi xordiq chiqaraman. Agar revansh jangi o'tkazilsa, u kelasi yilning may yoki sentyabr oyida bo'ladi”, - dedi Alvares.
Eslatib o'tamiz, kecha AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan Golovkin - Alvaers jangida durang natija qayd etilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar