04 okt 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin - Alvares. Revanshning taxminiy sanasi haqida malumotlar paydo bo'ldi
Qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkinning promouteri Tom Leffler Saul Alvaresga qarshi revansh jang qachon bo'lishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.
"Muzokaralar o'tgan haftada boshlandi. Men Erik Gomes bilan gaplashishga ham ulgurdim. Biz revansh mayda amalga oshishi uchun qo'ldan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.
Gennadiyning maqsadi revansh. Umid qilamanki, "Kanelo" ham bunga rozi bo'ladi.
Agar bu amalga oshadigan bo'lsa 5 may kuni, Sinko de Mayoda bo'lib o'tadi", - deydi Leffler.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar