17 sen 09:03
Yangiliklar

Golovkin vs Alvares. Jangda g'olib nomi aniqlanmadi
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasining WBA (Super), WBC hamda IBF yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik 35 yoshli Gennadiy Golovkin meksikalik davogar bokschi 27 yoshli Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljalangan superjang biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Yani hakamlar durang natijani qayd etishdi. Birinchi hakam 118:110 hisobida g'alabani Saul “Kanelo”ga berdi. Ikkinchi hakam 115-113 hisobi bilan Golovkinning g'alabasini taminladi. Uchinchi hakam esa 114-114 hisobida jangda durang natija qayd etilganini ko'rsatdi.
SHu tariqa, jangda
durang natija qayd etildi. Gennadiy Golovkin o'ziga tegishli bo'lgan barcha 4 ta
chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qoldi. Jangdan so'ng har ikki bokschi ham
revansh jangi o'tkazilishini tasdiqlashdi.
Fikrlar