17 avg 15:02
Yangiliklar
Tennis
Gradecka va Plishkova Prague Open juftlik g'olibalari
Xabar berganimizdek, CHexiyaning Praga shahri mezbonlik qilgan WTA turniri ruminiyalik Simona Xalepning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Musobaqaning juftliklar bahsida mezbon tennischilar - Lyusi Gradecka va Kristina Plishkova bosh sovrin sohibasiga aylanishdi. Ular 66 daqiqa davom etgan final uchrashuviida ruminiyalik tennischilar - Raluca Olaru va Monika Nikuleskudan ustun kelishdi - 6/2, 6/2.
Prague Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Gradecka va Plishkovaning har biriga 9,000 dollar hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar