17 iyu 10:05
Yangiliklar
Keti Bulter chempionlik unvonini himoya qildi
Musobaqa bosh sovrini Keti Bulterga nasib etdi. Britaniyalik tennis malikasi o'tgan yili ham turnir chempioni bo'lgan edi. Dunyoning 30-raketkasi bo'lib kelgan Bulter finalda reytingda roppa-rosa 50-pog'onadan joy olgan chexiyalik Karolina Plishkovani 6/4, 3/6, 6/2 hisobida taslim etdi.
Keti Bulter tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida oldinga chiqib oldi - 3:2. Bir soatu 56 daqiqa davom etgan final bahsida Bulter 8, Plishkova 3 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Karolinada uch barobar ko'proq bo'ldi - 7 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik Keti tomonda - 6 ga 3. Rothesay Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Bulterga 35 250 dollar va 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Fikrlar