24 jan 09:39
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Amaldagi chempion to'rtinchi bosqichga chiqdi
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lib turgan Medison Kiz Avstraliya Ochiq chempionatidagi chempionlik himoyasini davom ettirmoqda.
Amerikalik 30 yoshli tennis malikasi uchinchi davrada WTA reytingida 1057-pog'onasida borayotgan dunyoning sobiq birinchi raketkasi, chexiyalik 33 yashar Karolina Plishkovani ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6:3, 6:3.
Etmish besh daqiqa davom etgan bahsda Kiz 6, Plishkova 1 ta eys zarbasini amalga oshirgdi. Medison 4, Karolina 6 ta qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Endi amaldagi chempion to'rtinchi bosqichda 31 yoshli vatandoshi Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqadi. Jessika uchinchi davrada rossiyalik Oksana Selexmetevadan 6:3, 6:2 hisobida ustun kelgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar