11 fev 14:38
Yangiliklar
Grand Slam Paris 2019. 21ta davlat kamida bitta bronza medaliga ega bo'ldi
Ikki kun davom etgan Paris Grand Slam 2019 musobaqasida sayyoramizning 5ta qitasidan 98 davlatning jami 609 nafar dzyudochilari tatamiga chiqishdi. Jami 14ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Medallar jamg'arish bo'yicha Yaponiya terma jamoasi yaqqol peshqadam bo'ldi. Dzyudo vatani vakillari 5ta oltin, 3ta kumush, 7ta bronza, jami 15ta medal qo'lga kiritishdi. Kunchiqar yurt dzyudochilarida 3ta beshinchi o'rin ham bor.
Franciya terma jamoasi ikkinchi bo'ldi. Mezbonlar 2ta oltin, bitta kumush, 2ta bronza medaliga ega chiqishdi. Kuchli uchlikka 2ta oltin va 3ta bronza medali bilan Janubiy Koreya terma jamoasi dzyudochilari yakun yasashdi.
SHuningdek, Gruziya, Kanada, Germaniya, Kuba va Ruminiya terma jamoalari tarkibida ham bir nafardan oltin medal sohibi bo'ldi. Jami 21ta davlat terma jamoasiga kamida bitta bronza medali bilan vatanga qaytish nasib etdi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada ishtirok etmadi. Ayni paytda dzyudochilarimiz Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida Dyusseldorf shahrida o'tkaziladigan “Katta Dubulg'a” turniriga hozirlik ko'rishyapti.
Fikrlar