So’nggi yangiliklar

15:04UFC чемпиони Карлос Ульберг муваффақиятли операция қилинди + ФОТО 0 14:43Эквадорда ҳакам отиб ўлдирилди 0 14:22Шу ёзда ММАнинг иккита қоидаси ўзгариши мумкин 0 14:01Иржи Прохазка биринчи марта ота бўлди + ФОТО 0 13:40Биринчи ракеткамиз Хитой турнири 1/2 финалига чиқди 0 13:19“Металлург” клубини ёпиб юборган шахс Интерпол қидирувига берилди 0 12:58Дзюдочиларимизнинг бири финалда, яна иккиси бронза медали учун курашади 0 12:37Мэнни Пакьяо: "Иноуэ менга ўхшайди" 0 12:16Двалишвили Илия Топурия билан машғулот ўтказишдан бош тортди 0 11:55Царукян самолётдан тушириб юборилди + ВИДЕО 0 11:34Суперлига. Бугун янги турга старт берилади 0 11:13Бекзод Абдураҳмонов ХОҚ Атлетлар комиссиясининг семинарида қатнашди 0 10:52Перейра Ульбергга қарши жангдаги Прохазканинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:31Нурсултон Рўзибоев яна допинг текширувдан ўтди + ФОТО 0 10:10Конференциялар лигасида ҳам барча ярим финалчилар маълум + ВИДЕО 0

18 apr 08:38
Yangiliklar

SHaxmat

Grenke Freestyle Chess Open. Javohir Sindarov g'alaba bilan boshladi, Magnus Karlsen ham!

Germaniyaning Karlsrue shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Grenke Freestyle Chess Open turniri start oldi.

Bir nechta guruhda o'tkazilayotgan musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan A guruhida grossmeysterimiz Javohir Sindarov ham o'z mahoratini namoyish etmoqda. Kecha hamyurtimiz 1-turda qora donalarda germaniyalik Detlev Volterni mag'lubiyatga uchratdi. 

Musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi Magnus Karlsen oq donalarda mezbonlar vakili Vinzens Xillermanndan ustun keldi. Birinchi turda Fabiano Karuana, Uesli So, Levon Aronyan (hammasi AQSH), Arjun Ergaisi (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), SHaxriyar Mamadyarov (Ozaraybjon), Yan Nepomnyashiy (FIDE) singari taniqli grossmeysterlar zafar quchishdi. 

Grenke Freestyle Chess Open musobaqasining mukofot jamg'armasi 225 000 evroni tashkil etadi. CHempion 60 000 evro bilan birga Las-Vegasda o'tkaziladigan Freestyle Chess turnirida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rin sohibi 40 000, uchinchi o'rin egasi 30 000 evroga ega bo'ladi. Top-10`talikni yakunlab bergan shaxmatchi 3000 evroga ega chiqadi. 

Bugun turnirning 2-turida Javohir Sindarov oq donalarda germaniyalik Yonas Rosnerga qarshi bahs olib boradi. Magnus Karlsen qora donalarda chexiyalik Vaslav Finek bilan hisob-kitob qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing