So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

19 apr 12:10
Yangiliklar

SHaxmat

Grenke Freestyle Chess Open. Javohir Sindarov yuz foizlik natija bilan peshqadamlar safida

Germaniyaning Karlsrue shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Grenke Freestyle Chess Open turniri davom etmoqda.

Bir nechta guruhda o'tkazilayotgan musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan A guruhida grossmeysterimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Kecha hamyurtimiz o'tkazilgan har ikki tur uchrashuvida g'alabaga erishdi. U 1-turda qora donalarda germaniyalik Detlev Volterni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Ikkinchi turda Sindarov oq donalarda germaniyalik Yonas Rosnerdan ustun keldi. Uchinchi turda qora donalarda harakat qilganiga qaramay, polshalik grossmeyster Pyorun Kasperni engdi. 

Musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi Magnus Karlsen ham dastlabki uch uchrashuvda g'alaba qozondi. Ikkinchi raqam ostida tasniflangan amerikalik Fabiano Karuana oq donalarda o'ynashiga qaramay, francuz Etenn Bakroga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchinchi turdan keyin 14 nafar ishtirokchi yuz foizlik natija qayd etib turibdi.

Bugun musobaqaning 4-turida Javohir Sindarov oq donalarda hindistonlik grossmeyster Praneshga qarshi bahs olib boradi. Magnus Karlsen qora donalarda Etenn Bakro bilan hisob-kitob qiladi.  

Grenke Freestyle Chess Open musobaqasining mukofot jamg'armasi 225 000 evroni tashkil etadi. CHempion 60 000 evro bilan birga Las-Vegasda o'tkaziladigan Freestyle Chess turnirida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rin sohibi 40 000, uchinchi o'rin egasi 30 000 evroga ega bo'ladi. Top-10`talikni yakunlab bergan shaxmatchi 3000 evroga ega chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing