So’nggi yangiliklar

14:00Перейра рақиб номини айтиш учун "покришка" усулидан фойдаланди 0 13:39RIZIN чемпиони Илҳом Назимовга танлов учун уч рақиб берилди + ФОТО 0 13:18Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионатида 10 нафар хорижлик ҳакам ишлаяпти + ФОТО 0 12:57Гвардиола Гехининг транфери бўйича берилган саволга жавоб берди 0 12:47Sofascore. Шомуродов энг яхшилардан бири, Файзуллаев эса... 0 12:36Australian Open 2026. Полина Кудерметова ғалаба билан бошлади 0 12:05Майкл Зерафа умрбод дисквалификация қилиниши мумкин 0 11:44RAF Лигаси яна бир Олимпиада чемпиони билан шартнома имзолади 0 11:23Нури Шаҳин кечаги учрашувдан сўнг Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 11:02Хамзат Чимаев фаолиятидаги энг қийин жангни айтди 0 10:41IBF чемпиони Дана Уайтга тегишли Zuffa Boxing лигаси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 10:20Бугун Дўсматов, Мадраҳимов, Зокиров ва бошқа боксчиларимиз рингга кўтарилади (Жуфтликлар) 0 09:59Sofascore. Ҳусанов энг яхшилардан бири бўлди 0 09:38ESPN боксчиларнинг P4P янгиланган рейтингини эълон қилди 0 09:17Бироздан сўнг теннисчимиз Australian Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0

21 apr 07:58
Yangiliklar

SHaxmat

Grenke Freestyle Chess Open. Javohir Sindarovda g'alaba, Magnus Karlsenda yuz foizlik natija!

Germaniyaning Karlsrue shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Grenke Freestyle Chess Open turniri davom etmoqda.

Bir nechta guruhda o'tkazilayotgan musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan A guruhida grossmeysterimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Kecha hamyurtimiz o'tkazilgan har ikki tur uchrashuvida g'alabaga erishdi. U 6-turda oq donalarda polshalik Mase Klekovskini mag'lubiyatga uchratgandi. Ettinchi turda esa qorada donalarda o'ynaganiga qaramay, hindistonlik grossmeyster Aryan CHopradan ustun keldi. 

Sakkizinchi tur oldidan Sindarov 5,5 ochko bilan 5-o'ringa ko'tarilib oldi. To'rtinchi pog'onadan joy olgan gruziyalik Baadur Jobavada ham 5,5 ochko bor. Etti uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan norvegiyalik Magnus Karlsen yuz foizlik ko'rsatkich bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilyapti. Kuchli uchlikni 6 ochkodan jamg'argan Rauf Mamedov va Andrey Esipenko yakunlab bergan.   

Bugun musobaqaning 8-turida Javohir Sindarov oq donalarda o'zi singari 5,5 ochkoga ega bo'lib turgan germaniyalik Frederik Svanga qarshi bahs olib boradi. Magnus Karlsen qora donalarda Rauf Mamedov bilan hisob-kitob qiladi.  

Grenke Freestyle Chess Open musobaqasining mukofot jamg'armasi 225 000 evroni tashkil etadi. CHempion 60 000 evro bilan birga Las-Vegasda o'tkaziladigan Freestyle Chess turnirida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rin sohibi 40 000, uchinchi o'rin egasi 30 000 evroga ega bo'ladi. Top-10`talikni yakunlab bergan shaxmatchi 3000 evroga ega chiqadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing