10 fev 16:57
Yangiliklar
Tennis
Grigor Dimitrov Marsel turniri 1/2 finalida
Dunyoning 13-raketkasi Grigor Dimitrov Franciyaning Marsel shahrida o'tkazilayotgan ATP turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Bolgariyalik tennischi 87 daqiqa davom etgan bahsda ATP reytingida 94-pog'onada borayotgan franciyalik Artur Rinderknexni 6/3, 7/6(3) hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Grigor raqibidan ustun keldi.
Dimitrov 9, Rinderknex 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Grigor 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'yib, 1 ta breykka ega bo'ldi. Endi bolgariyalik tajribali tennischi final chiptasi uchun rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar