22 iyu 15:48
Yangiliklar
Tennis

Qozog'istonlik hafta "shov-shuv"chisi Galle turniri finalida
Startdayoq dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinnerni musobaqadan chiqarib yuborgan Aleksandr Bublik Galle turnirning finaliga yo'l oldi.
Qozog'isonlik tennischining bu galgi "qurboni" Karen Xachanov bo'ldi. ATP reytingida 45-pog'onada borayotgan Bublik 1/2 finalda dunyoning 22-raketkasi bo'li turgan rossiyalik raqibini 4/6, 7/6(5), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Bublik tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1.
Ikki soatu bir daqiqa davom etgan bahsda Xachanov 15, Bublik 19 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala raketka ustasi ham 1 tadan breykka erishgan. Bugun Bublik Terra Wortmann Open bosh sovrini uchun yana bir rus tennischisi Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar