20 noy 08:58
Yangiliklar
Tennis

Grigor Dimitrov Yakuniy turnirdan qancha ishlab oldi?
Xabar berganimizdek, Angliyaning London shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri o'z nihoyasiga etdi.
O2 Arena korti mezbonlik qilgan, sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda Grigor Dimitrov bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bolgariyalik tennischiga 2 million 549 ming dollar mukofot puli hamda 1500 reyting ochkosini taqdim etdi. Grigor 19 yillik tanaffusdan so'ng debyut turnirida bosh mukofotga ega chiqqan tennischiga aylandi.
Dimitrovga qadar 1998 yili ispaniyalik Aleks Korretxa
ham o'zining debyut Yakuniy turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgandi. O'shanda Aleks
final uchrashuvida hamyurti Karlos Moyyani mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar