27 iyu 11:50
Yangiliklar
Tennis

Gshtaad. Istomin chorak final uchrashuvini ertaga o'tkazadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning Gshtaad shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirdagi ishtirokini ertaga davom ettiradi.
Ertaga hamyurtimiz chorak final bahsida dunyoning 19-raketkasi hisoblangan ispaniyalik Roberto Bautista Agutga qarshi kortga chiqadi. Bu ikki tennischi o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgan. 2015 yilda bo'lib o'tgan bahsda Agut 6:6, 6:3 hisobida zafar quchgandi.
Agar Denis kuchli raqibini mag'lubiyatga uchrata olsa, o'zi uchun 24,520 evro hamda 90 reyting ochkosini kafolatlaydi. Hozircha Denis 13,970 evro mukofot puli hamda 45 ochkoni naqd qilib ulgurdi.
Eslatib o'tamiz, Denis Istomin Swiss Open Gstaad turnirining ilk davrasida italiyalik Lorenco Justinoni 6:3, 6:2, ikkinchi bosqichda germaniyalik Dastin Braunni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar