27 iyu 08:25
Yangiliklar
Tennis

Gshtaad. Istomin juftlik bahsida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning Gshtaad shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirning juftlik bahsida kortga chiqdi.
Hamyurtimiz Swiss Open Gstaad turnirining juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem hosil qilgandi. Ular birinchi bosqichda Sander Arends va gollandiyalik Robin Xaase juftligi bilan to'qnash kelishdi.
Murakkab kechgan
uchrashuvda Istomin va Elgin raqiblariga 4:6, 7:6(7:2), tay-brekda 11:13 hisobida
imkoniyatni boy berib, juftlik bahslaridagi ishtirokini yakunlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar