26 iyu 19:33
Yangiliklar

Gshtaad turniri. Istomin deyarli 14 ming evro va 45 ochkoni naqd qildi, navbatdagi raqib esa jiddiy!
U bugun bo'lib o'tgan ikkinchi davra o'yinida germaniyalik Dastin Braunni 6:3, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgani haqida xabar qildik.
Ushbu turnirda chorak final ishtirokchisi 13,970 evro mukofot puli hamda 45 ochkoni o'ziga kafolatlab oladi.
Sportchimiz chorak finalda dunyoning 19-raketkasi hisoblangan ispaniyalik Robert Bautista Agutga qarshi kortga chiqadi. Agar Denis ushbu raqibini mag'lubiyatga uchratadigan bo'lsa o'ziga 24,520 evro hamda 90 reyting ochkosini naqd qilib oladi.
Malumot uchun, Istomin Bautista Agutga qarshi bir marotaba to'qnash kelgan. 2015 yilda bo'lib o'tgan o'yinda vakilimiz 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Fikrlar