24 iyu 10:30
Yangiliklar
Tennis

Gshtaad (WTA): Bertens - bosh mukofot sohibasi!
Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens SHveycariyaning Gshtaad shahrida yakunlangan turnir g'olibasiga aylandi.
Bertens hal qiluvchi final uchrashuvida estoniyalik Annet Kontaveytga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Kiki 6:4, 3:6, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Final uchrashuvi
davomida Bertens 6 ta eys zarbani amalga oshirdi. Bu gollandiyalik tennischi uchun
joriy mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi to'rtinchi sovrin bo'ldi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar