28 iyu 21:01
Yangiliklar
Tennis
Gshtaaddagi turnirda ham chempion malum bo'ldi
Ispaniyalik tennischi Albert Ramos-Vinolas SHveycariyaning Gshtaad shahrida yakunlangan ATP turnirida bosh sovrin sohibiga aylandi.
Dunyo reytingida 85-pog'onadan joy olgan Ramos final uchrashuvida 455-o'rinni egallab turgan germaniyalik Sedrik-Marsel SHtebega qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 21 daqiqa davom etgan bahs yakunida ispaniyalik tennischi raqibidan 6:3, 6:2 hisobida ustun keldi.
Gshtaad turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Ramosga 90 390 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi ATP tituli bo'ldi.
Havola :
Fikrlar