So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

05 jan 18:39
Yangiliklar

Boshqalar

Gulistonda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab yugurish marafoni tashkil etildi

Gulistonda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab yugurish marafoni tashkil etildi.

Mazkur tadbir Cirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi F-5529-sonli farmoyishi va O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019 yil 31 dekabrdagi 2282-sonli buyrug'i, shuningdek Sirdaryo viloyati hokimining 2019 yil 14 dekabrdagi 325-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida tashkil etildi.

Marafon musobaqalarida 400 nafardan ortiq ishtirokchi g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Qizg'in va murosasiz o'tgan musobaqalar yakunida 1-o'rinni harbiy xizmatchilar o'rtasida SHirin shahar harbiy qism xodimi Abdullaev Javohir egalladi.Erkaklar o'rtasida aholi va tashkilotlar xodimlari o'rtasida o'tgan musobaqada esa g'oliblik Guliston davlat universiteti talabasi Viktor Curenkoga nasib etdi. Mazkur yo'nalishda ayollar o'rtasida o'tgan bahslarda ham Guliston davlat universiteti talabasi, yani Darya Andropovaga teng keladigan raqib topilmadi.

Faxriylar o'rtasida 1-o'rinni viloyat suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan BO'SM yo'riqchi-uslubchisi Hakimjon SHaripov qo'lga kiritdi.Musobaqalar yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kunini hududlarda keng nishonlash maqsadida Sirdaryo viloyati tuman (shahar)lar va Guliston shahrida harbiy xizmatchilar hamda aholi o'rtasida bir qator ommaviy sport tadbirlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing