14 fev 09:23
Yangiliklar
Guskovning jamoadoshi ikki oyog'i yo'q yakkakurashchi bilan jang o'tkazdi
Oqshomning asosiy jangi og'ir vaznda UFC vakili Valter Uoker hamda ikki oyog'i yo'q aralash yakkakurashchi Zayon Klark o'rtasida o'tkazildi.
Ushbu jang ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan UFC’da ketma-ket to'rtta g'alabadan iborat rekord natija qayd etayotgan Uokerning tovonlari yo'qligi sababli Klarkni mag'lub eta olmasligi haqidagi hazilning natijasi edi.
Jang boshida Uoker trollar bilan o'ynadi, raqibining mavjud bo'lmagan oyog'ini olish uchun bir nechta urinishlarni tasvirladi. Ammo keyin jiddiyroq kurash boshladi va birinchi raundning o'zida deyarli qiyinchiliksiz o'zidan ikki baravar engilroq Klarkni ortdan bo'g'ib, raqibini taslim bo'lishga majbur qildi.
Avvalroq -57 kg vazn toifasida ringga chiqqan Klark jangdan keyingi intervyusida gabarit va vazndagi farq bellashuvda hal qiluvchi omil bo'lganini takidladi.

Fikrlar